Bu mazkur tashkilot tarixidagi bir urushda halok bo'lgan xodimlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichdir.
“7-oktabrdan buyon ko'plab insonparvarlik yo'nalishida faoliyat yuritgan xodimlar, jumladan UNRWAning 88 nafar xodimi halok bo'ldi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitta mojaroda ko'rgan eng katta yo'qotishidir. “Biz yana bir bor tomonlarni xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari bo'yicha o'z majburiyatlarini hurmat qilishga chaqiramiz”, deyiladi BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo'yicha o'rinbosari, Martin Griffits, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreisus, BMT Bolalar jamg'armasi ijrochi direktori Ketrin Rassel va boshqalar tomonidan imzolangan bayonotda.
Hujjatda, shuningdek, G'azo sektorini yetarli miqdorda suv, oziq-ovqat, dori-darmon va yoqilg'i bilan ta'minlash zarurligi ta'kidlangan. Shuningdek, gumanitar amaldorlar barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni va fuqarolik infratuzilmasini, jumladan, kasalxonalar, boshpana va maktablarni himoya qilishni talab qildi.
Isroil va G'azo sektorini nazorat qilayotgan Falastinning Hamas radikal harakati o'rtasidagi urush 7-oktabrdan beri davom etmoqda. Bu Isroil hududiga yuzlab raketalar otilishi, qator hududlarning egallab olinishi va odamlarni garovga olinganishi bilan boshlandi. Isroil ma'lumotlariga ko'ra, janglarda 1,4 ming kishi qurbon bo'lgan, 5,4 ming kishi jarohatlangan. G'azo sektori Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 9,5 ming kishi halok bo'lgan, 24,2 ming kishi jarohatlangan, deb xabar beradi kommersant.ru.