G'azoda bir kilogramm shakar narxi 100 dollargacha ko'tarildi

    G'azo sektorida og'ir gumanitar inqiroz fonida bir kilogramm shakar narxi 100 dollargacha ko'tarildi, deb xabar berdi yarim eksklav qabilalar kengashi vakili Xayl Abu al-Husayn RIA Novosti agentligiga.

    “Urush tufayli odamlar ko'chalarda va chodirli shaharchalarda yashashga majbur bo'lmoqda. Bir kilogramm shakar, agar u umuman topilsa, uning narxi 100 dollarga yetdi. Oddiy oziq-ovqat mahsulotlari yo'q – odamlar gumanitar yordam karvonlarga tom ma'noda bostirib kirishga majbur”, deydi u.

    Al Qahera News xabariga ko'ra, chorshanba kuni Misrning to'rtinchi gumanitar karvoni G'azoga kirib kelgan. So'nggi kunlarda mamlakat hududiga oziq-ovqat, zaruriy buyumlar va tibbiy buyumlarni o'z ichiga olgan kamida besh ming tonna yuk yetkazildi. Shu bilan birga, gumanitar tashkilotlar vakillari davom etayotgan mojaro sharoitida ushbu yordamni aholi o'rtasida normal taqsimlashning iloji yo'qligini ta'kidlamoqda, deb xabar beradi ria.ru.