G'azoda gumanitar yordam uchun navbatda turganlarga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 100 kishiga yetdi

    Isroilning G'azo sektori ma'muriy markazida gumanitar yordam tarqatilishini kutayotgan fuqarolarga berilgan zarbalar oqibatida halok bo'lganlar soni 100 kishiga yetdi.

    Bu haqda Al Mayadeen telekanali ma'lum qildi.

    200 kishi jarohatlangan.

    G'azo janubi-sharqidagi Salohiddin avtomagistralining Quvayt chorrahasida yordam kutayotgan falastinliklar o'qqa tutildi.

    29-fevral kuni G'azo shahridagi An-Nablusi hududida birinchi marta shunga o'xshash hodisa yuz bergandi. O'shanda kamida 112 kishi halok bo'lgandi, 760 kishi yaralandi, deb xabar beradi report.az.