Namoyishchilar HAMAS harakatidan norozi ekanliklarini bildirib, Isroil bilan harbiy mojaroga barham berishni talab qilishdi, deb yozadi The Guardian.
Bu G'azo sektorida 7-oktabrda Isroil janubiga qilingan hujumdan keyin HAMASga qarshi ko'tarilgan eng yirik namoyish bo'ldi. Isroil yana bombardimon qilishni boshlaganidan bir hafta o'tib Bayt-Laxiyadagi namoyishlar HAMASni tanqid qiluvchi shiorlar, jumladan zo'ravonliklarni to'xtatish va tinchlikka qaytish chaqiriqlari bilan o'tkazildi.
Namoyishchilar Indoneziya shifoxonasi oldida to'planib, “Urushni to'xtating” va “Biz tinchlikni xohlaymiz” kabi shiorlar yozilgan plakatlarni ko'tarib olishdi.
19-yanvardan buyon o't ochishni to'xtatish rejimi amalda bo'lgan G'azo sektoriga 18-martga o'tar kechasi Isroil HAMASga qarshi harbiy amaliyotini va zarbalarni qayta boshladi. Uning xatti-harakatlari harakatning sulh davrida garovga olinganlarni ozod qilish va sulhni uzaytirish bo'yicha Amerika rejasini rad etishiga javob bo'ldi. Isroil AQShni jangovar harakatlar davom etishi haqida oldindan ogohlantirgan. Biroq, HAMAS asirlarning hayotini xavf ostiga qo'yib, sulhni bekor qilgan Isroil bo'lganini aytdi, deb xabar beradi gazeta.ru.