Gulmira Abdiyeva bu uskuna ustida 5 yildan buyon ilmiy ish olib bormoqda edi. Bundan bir necha oy oldin esa “Qovunni quritishning texnologik jarayonlari va uskuna parametrlarini ishlab chiqish” deb nomlangan mavzuda texnika fanlari boʻyicha filosofiya doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bugun uning ilmiy ishlari oʻz natijasini berdi. Bu uskuna yordami bilan quyosh energiyasidan foydalangan holda sabzavot va mevalarni quritish mumkin. Uskunada qovunni quritish jarayoni tabiiy kechadi. Sarf-xarajatlari kam.
Minajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri