“Gender tenglik yetakchisi” jamoasi shakllantiriladi

    Mamlakatimizda 25 Aprel 2022 2369

    Oliy Majlis Senati Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik, va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan yosh yigit-qizlar oʻrtasida “Gender tenglik yetakchisi” jamoasi shakllantiriladi.

    Jamoa aʼzolari respublika komissiyasi tomonidan joriy yilning 14-21-aprel kunlari tashkil etilgan kasting orqali saralab olindi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining faol yoshlari onlayn hamda offlayn tarzda ishtirok etdi.

    Gender tenglik sohasi boʻyicha aniq bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi,18 yoshdan oshgan yigit-qizlar tanlab olindi.

    Ishtirokchilar “Gender tenglik yetakchisi” jamoasi aʼzolarini saralash mezonlariga asosan gender tenglik siyosatidan xabardorligi, kreativ fikrlash, liderlik va tashabbuskorlik qobiliyatlari hamda notiqlik mahoratiga ega boʻlgan yigit-qizlar soha mutaxassislari tomonidan suhbatdan oʻtkazildi.

    Ushbu jarayonda mingga yaqin yoshlar ishtirok etib, baholash natijasiga asosan hududlardan teng miqdorda yoshlar “Gender tenglik yetakchisi” jamoasi aʼzoligiga qabul qilindi.

    Mazkur jamoa tarkibidagi yoshlar xalqaro ekspertlar tomonidan oʻtkaziladigan seminar-treninglarda ishtirok etish, oʻzaro tajriba almashish va oʻquv koʻnikmalarini mustahkamlash uchun oromgohlarga borish hamda Senat tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar, forum va konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.