Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi, BMTning Aholishunoslik Jamgʻarmasi bilan hamkorlikda, Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy koʻmagi ostida tashkil etildi.

Treningda Bosh prokuratura, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi vakillari, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Psixologik-pedagogik tashxis markazi, reabilitatsiya markazlari, maktabgacha taʼlim, joylardagi xotin-qizlar va oilalar bilan ishlaydigan NNTlarning psixologlari, psixiatr va sud-tibbiy ekspertlari ishtirok etdi.

Mutaxassislar tashkilot markaziy tuzilmalari, ularning 14 ta hududiy boshqarmalardan koʻrsatilgan mezonlar asosida saralab olingan. Ishtirokchilar treningdan soʻng kalendar rejalar boʻyicha hududiy tuzilmalar vakillari hamda oʻz tashkilot mutaxassislarini oʻqitadi.

Uch kunlik dasturda ishtirokchilari huquqiy normativ hujjatlar, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy psixologik xizmatlar boʻyicha bilim oldilar. Xususan, ular taʼlim asoslari bilan tanishib, gender zoʻravonlik holatlariga javoban choralar taqdim etish mexanizmlari, jabrlanuvchi bilan ishlashda kompleks yondashuvning ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratdilar.

Maʼlumot uchun, 2020-yilda ayollarga nisbatan zoʻravonlikning har qanday turiga barham berish, sogʻliqni saqlash, ichki ishlar organlari, psixologik va ijtimoiy Trening soʻnggida barcha ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.