General Sobir Rahimov yonidagi qahramonlar kimlar?

    Ijtimoiy hayot 11 May 2020 3056

    Poytaxtimizdagi “G'alaba bog'i”da Urush davridagi janggohlarni eslatadigan baland tepalik ustida afsonaviy general Sobir Rahimov kabi harbiy qo'mondonlarimiz, o'zbekistonlik barcha botir jangchilarning so'nmas xotirasiga atab “Mangu jasorat” deb nomlangan ulug'vor monument barpo etildi.

    Mazkur kompozitsiya va mahobatli stella loyihasi muallifi Jasvant Annazarov biz bilan suhbatda shunday dedi:

    - O'tgan 2019 yilda mazkur monument bo'yicha tanlov o'tkazildi. To'g'risi, ushbu tanlovda mening loyiham g'olib bo'lishini kutmagan edim. General Sobir Rahimov shaxsi har bir o'zbek yigitini g'urur va faxrga chulg'aydi. Mana bugun o'sha mashhur qahramonimiz yonida 14 nafar o'zbek qahramoni saf tortib turibdi. Ularning har birini nomma-nom aytib o'tishni joiz deb bilaman: General mayor(Sovet Ittifoqi Qahramoni) Ahmadjon Qurbonov, snayper (“Qizil yulduz” ordeni sohibasi) Zebo G'anieva, starshina (Sovet ittifoqi Qahramoni) Bois ergashev, mayor (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Abdusattor eshonqulov, polkovnik (Sovet ittifoqi Qahramoni) Botir Boboev, harbiy shifokor(Birinchi darajali Ulug' Vatan urushi ordeni sohibasi) Muqaddam Ashrapova, serjant (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Ahmadjon SHukurov, katta leytenant (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Amirali Saidbekov, leytenant (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Val`demar SHalandin, 5-otryad razvedkachilar bo'limi komandiri (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Mamadali Topvoldiev, serjant (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Qudrat Suyunov, starshina (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Samig' Abdullaev, kichik leytenant (Sovet Ittifoqi Qahramoni) Inoyat Navro'zboev, oddiy askar (Sovet ittifoqi Qahramoni) SHadi SHamov. Aytish mumkinki, “G'alaba bog'i” Ikkinchi jahon urushidagi voqealar va holatlarni to'laligicha ko'rsatib bera oladigan majmua sifatida yurtdoshlarimiz tomonidan e'tirof etilmoqda.