Soʼnggi yillarda Prezidentimiz tashabbuslari bilan respublikamizda sud tizimini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarni inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda xalq manfaatlariga xizmat qiladigan xalqchil organga aylantirishga qaratilgan keng koʼlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlar qonun ustuvorligini taʼminlash bilan birga huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni sodir etilishiga imkon yaratayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, shuningdek sodir etilgan jinoyatlarni izi sovumasdan fosh etishda foydalanadigan ilmiy-texnik usul va vositalarni modernizatsiya qilishni zamonni oʼzi talab qilyapti.

Аgar tahlillarga murojaat qilsak, 2020 yilning toʼqqiz oyida 367 nafar bedarak yoʼqolgan fuqaro topilmagan va 224 ta nomaʼlum murdalarning shaxsi aniqlanmagan. Shu bilan birga, 2019 yil va 2020 yilning 9 oyi davomida 720 ta ogʼir, 207 ta oʼta ogʼir turdagi jinoyat fosh etilmasdan qolgan.

Shundan kelib chiqib, “Genom boʼyicha davlat roʼyxatiga olish toʼgʼrisida”gi qonun qabul qilinmoqda. Qonun Senatda maʼqullandi.