Bu haqda Geo telekanali xavfsizlik kuchlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Xavfsizlik kuchlari qolgan yo'lovchilarni ozod qilish operatsiyasini davom ettirmoqda, jangarilar hujumi paytida ular 450 nafar bo'lgan bo'lishi mumkin. Hujumga aloqador ekstremistlarning aniq soni noma'lum. Shuningdek, ozod etilgan 17 nafar garovga olinganlar “shoshilinch tibbiy yordam” uchun shifoxonaga yotqizilgani xabar qilindi. Ularning jarohati qay darajada jiddiy ekani aniq emas.
Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, hujum qilgan shaxslar poyezdni Afg'oniston va Eron bilan chegaraga yaqin chekka hududga olib borishgan. Garovdagilarni ozod qilish bo'yicha maxsus operatsiya boshlanganidan keyin jangarilar kichik guruhlarga bo'lingan. Telekanalning xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga ko'ra, ekstremistlar sun'iy yo'ldosh telefonlaridan foydalanmoqda va Afg'onistonda ekani taxmin qilinayotgan hujum tashkilotchilari bilan aloqa o'rnatmoqda. Operatsiya jangarilar garovga olinganlardan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani bilan murakkablashdi, deb xabar bermoqda telekanal.
Seshanba kuni “Belujiston ozodlik armiyasi” ekstremistik guruhi jangarilari Pokistonda Kvetta shahridan (Belujiston viloyatining ma'muriy markazi) Peshovar shahriga (Xaybar-Paxtunxva viloyatining ma'muriy markazi) ketayotgan poyezdning 450 nafar yo'lovchisini garovga oldi. Ekstremistlar temir yo'l relslarini portlatib, keyin poyezdga qarata o't ochgan. Poyezd mashinisti jarohatlangan. Hujum vaqtida poyezd xavfsizligi xodimlari va jangarilar o'rtasida otishma sodir bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.