Qonunga koʻra, geografik obyektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yoʻl qoʻyildi.
Bunda Oʻzbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud boʻlmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar oʻzlarining rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Shuningdek, takliflar muhokamasi ular eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran 15 kundan kam boʻlmasligi kerak.