– Germaniya tashqi ishlar vazirining Oʻzbekistonga tashrifi mamlakatlarimiz, shuningdek, Oʻzbekiston bilan Yevropa oʻrtasidagi munosabatlar samarali rivojlanib borayotganidan dalolatdir. Menimcha, Oʻzbekiston Germaniya uchun Markaziy Osiyodagi oʻta muhim davlat, shu bois ushbu safar juda muhim iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etadi. Bizning munosabatlarimiz uzoq hamkorlik tarixiga ega.
Ayni paytda biz yaqin orada oʻzbek madaniyatini Germaniyada qaytadan tanitish imkonini beruvchi katta loyiha ustida birga ishlayapmiz.
Joriy yil ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini qariyb 1 milliard dollarga yetkazish uchun yaxshi imkoniyat bor. Qishloq xoʻjaligi, konchilik va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha koʻplab qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Mintaqaviy rivojlanish, jumladan, albatta, iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq katta muammolarni hal etishda birgalikda yaxshi natijalarga erishish uchun yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishimiz shart.
Germaniya va Oʻzbekiston yana koʻplab turli sohalarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilishi mumkin, shuning uchun biz har ikki tomon uchun ham manfaatli vaziyatga egamiz va tashqi ishlar vazirining tashrifi munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochadi, deb oʻylayman.
Bu haqda “Dunyo” AA xabar beradi.