Samarqand shahri aeroportida Germaniya Hukumati rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.Xoʻjayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Sammitning asosiy tadbirlari Samarqand shahridagi Kongress markazida boʻlib oʻtadi. Oliy darajadagi muzokaralar va ikki mamlakat yetakchilarining ishbilarmonlar bilan uchrashuvi oʻtkazilishi, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish koʻzda tutilgan.