Aeroportda mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 1-2-noyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Germaniya delegatsiyasi Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi yirik korxonalarga ham tashrif buyuradi deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.