Kuni kecha Germaniyaning “Berliner Telegraph” jurnali muharriri Tatyana Xekker bilan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Vazirlik faoliyati, mahalla institutining nufuzi, uning aholi muammolari bilan ishlashdagi ahamiyati, shuningdek, yurtimizda soʻnggi yillarda xotin-qizlarni har taraflama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan islohotlar toʻgʻrisida suhbat oʻtkazildi.
Uchrashuv yakunida Germaniyaning nufuzli jurnallaridan biri “Berliner Telegraph” jurnalida mahalla instituti va vazirlik faoliyati toʻgʻrisida maqola chop etish, hamkorlikda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha nufuzli tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.