Ular istefoga chiqqanlik to'g'risidagi guvohnomalarni olishdi, ammo ular o'z lavozimlarini vaqtincha bajaruvchi bo'lib qolishadi.
Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer federal kansler Olaf Shols va uning hukumatining 14 ta vaziriga iste'foga chiqqanlik to'g'risidagi guvohnomalarni topshirdi. Tantanali marosim 25-mart, seshanba kuni Berlin markazidagi Belvyu Prezident saroyida bo'lib o'tdi.
Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining 69-moddasiga ko'ra, yangi Bundestag yig'iladigan kuni kansler va vazirlar o'z ishini to'xtatishadi. 25-mart kuni uning birinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Biroq, Shtaynmayer Shols va barcha 14 vazirdan vaqtinchalik bajaruvchi sifatida lavozimda yana bir necha hafta qolishni so'radi. Ushbu tartib qonunda ham nazarda tutilgan.
Kansler va vazirlar yangi hukumat tuzilguncha ishlashda davom etadi, deb xabar beradi dw.com.