Suhbat davomida Oʻzbekiston-Germaniya kun tartibining turli masalalari, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, jumladan Afgʻoniston yoʻnalishidagi aloqalarning ayrim jihatlari muhokama qilindi.

Hayko Maas Germaniya fuqarolarini Afgʻonistondan evakuatsiya qilishni tashkil etishda koʻrsatilayotgan yordam uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.