Bugun, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi oʻrtasida Hamkorlik Memorandumini tuzish va kelgusi rejalar toʻgʻrisida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasining bosh maslahatchisi Tomas Lyuks hamda loyiha vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan professional taʼlim tizimini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqsodiy oʻsish tarmoqlari uchun professional taʼlim” loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish boʻyicha Memorandum imzolandi.

Shuningdek, joriy yilning 27-28-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan “Professional taʼlimni barqaror rivojlanishining mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi mintaqaviy konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar muhokamasi boʻlib oʻtdi.

SSP matbuot xizmati