Yaponiya Vazirlar Mahkamasi payshanba kuni e'lon qilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2023-yilda inflyatsiyani hisobga olmagan holda mamlakat nominal YIM 591,48 trillion iyenani (taxminan 4,21 trillion dollar) tashkil qilgan.
Kiodo agentligining xabar berishicha, Germaniyaning 2023-yildagi nominal YIM taxminan 4,46 trillion dollarni tashkil etadi. Shunday qilib, o'tgan yilning oxirida Yaponiya dunyodagi uchinchi yirik iqtisodiyot sifatidagi o'rnini Germaniyaga bo'shatib berdi, deya qo'shimcha qildi agentlik.
Yapon OAVlari avvalroq bu natijani bashorat qilgandi. Yaponiyaning dollardagi nominal yalpi ichki mahsuloti milliy valyuta kursining zaiflashishi tufayli sezilarli darajada pasayishi qayd etildi. Shu bilan birga, Germaniya yalpi ichki mahsuloti narxlarning tez oshishi fonida o'sadi.
Biroq, shu oy boshida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Germaniyaning yalpi ichki mahsulot o'sishi prognozini 2024-yildagi 0,6 foizdan 0,3 foizga va 2025-yildagi 1,2 foizdan 1,1 foizga tushirdi, deb xabar beradi ria.ru.