Kyoln shahar hokimligi tomonidan berilgan bayonotga koʼra, shahardagi xususiy bogʼdan topilgan 250 kiogramm ogʼirlikdagi aviatsiya bombasining yoʼq qilinishi chogʼida hududda yashovchi 5 ming kishi evakuatsiya qilingan.

46 nafar bemor kishilar esa tez yordam mashinalari yordamida uyidan koʼchirilgan.

Jarayon davomida viloyat hududidan oʼtuvchi yoʼllar bir muddat yopilgan, poezd va tramvaylar qatnovi toʼxtagan.

Kerakli choralar koʼrilganidan soʼng 250 kilogramm ogʼirlikdagi bomba zararsizlantirildi.

"Germaniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan koʼplab portlamagan bombalar topilmoqda. Ularning ayrimlari  aholi turar joylarida. Bu bombalar mutaxassislar tomonidan nazorat ostida zararsizlantirilmoqda", deyiladi CNNTurk.com xabarida.