Germaniyada 29 ta avtomashina ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi

    Germaniyada 29 ta avtomobil, jumladan, avtobus ishtirokidagi yo'l-transport hodisasi oqibatida kamida 15 kishi jabrlandi.

    Hodisa Bavariyaning Yuqori Frankoniya okrugida avtobanda sodir bo'ldi. Hodisaga noqulay ob-havo – yomg'ir va do'l sabab bo'lgan. Zarar miqdori 250-300 ming yevroga baholanmoqda.

    Voqea joyida 130 ga yaqin o't o'chiruvchi va 70 nafar qutqaruvchi ish olib bordi. To'rtta vertolyot, uchta qutqaruv va bir politsiyachi safarbar etilgan, deb xabar beradi tass.ru.