Bu haqda Leipziger Volkszeitung gazetasi mahalliy qutqaruv xizmatlariga tayanib xabar berdi.
Hodisa chorshanba kuni Moskva vaqti bilan taxminan soat 12:00 da Leypsig yaqinidagi A9 avtomagistralida sodir bo'lgan. Gazetaning yozishicha, 10 ga yaqin odam jiddiy jarohat olgan. To'rtta qutqaruv vertolyoti safarbar etilgan.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, xalqaro tashishga ixtisoslashgan Flixbus kompaniyasi avtobusi noma'lum sababga ko'ra yo'ldan chiqib ketgan, pastlikka tushib, ag'darilib ketgan. Myunxen yo'nalishidagi avtomagistral transport harakati uchun butunlay yopilgan, deb xabar beradi tass.ru.