Robert Kox instituti ma'lumotlariga ko'ra, bu aprel oyi boshidan beri eng yuqori ko'rsatkich. SHuningdek, bir kunda 16 kishi infektsiya tufayli vafot etgani qayd etilgan.

Germaniyada COVID-19 bilan kasallanganlarning soni iyul` oyidan boshlab sezilarli darajada oshdi. Bu esa  mamlakatda haftasiga 1 millionga yaqin sinovlar o'tkazilishi bilan bog'liq.

Bundan buyon Germaniya aholisi do'konlar, transport va jamoat muassasalarida niqob taqishi shart. Yil oxirigacha barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bundan tashqari, bir kun oldin rasmiylar, xavfli hududlardan kelgan fuqarolarga mamlakat hududi bo'ylab sayohat qilishda cheklovlar joriy etishga qaror qildi.

Endi noqulay epidemiologik vaziyatdagi hududlardan kelgan fuqarolar Germaniya Federativ Respublikasidagi mehmonxonalarda tura olmaydi. Faqat to'rtta federal shtat yangi cheklovlarga hali qo'shilmagan.