Agar bunday piksellar standart 1080p displeyni yaratish uchun ishlatilsa, uning diagonali atigi 1 millimetrga teng bo'lar edi.
Ishlanma organik yorug'lik chiqaradigan diodning (OLED) yangi versiyasiga asoslangan. Olimlar bir vaqtning o'zida tok yetkazib beradigan va yorug'lik nurlanishini kuchaytiradigan metall kontaktni ishlab chiqishdi va standart 5x5 mikrometrli OLED pikseliga teng yorqinlikka erishdi. Bu haqda tadqiqot mualliflaridan biri professor Bert Xext xabar berdi.
Bu nanopiksellar kengaytirilgan reallik ko'zoynaklari, aqlli gajetlar va tibbiy asboblar uchun ultra ixcham displeylarni ishlab chiqishda olamshumul yutuq bo'lishi mumkin, chunki ular nafaqat og'irlik va quvvat sarfini kamaytiradi, balki misli ko'rilmagan tasvir zichligini ham ta'minlaydi – bu hozirgi ekranlardan minglab marta ko'p, deb xabar berdi korrespondent.net.








