Germaniyada federal politsiyaga dronlarni urib tushirish huquqi beriladi

    Germaniya hukumati federal politsiyaga tahdid soluvchi uchuvchisiz uchoqlardan himoyalanish choralarini ko'rish imkonini beruvchi qonun loyihasini ma'qulladi.

    Germaniya Ichki ishlar vazirligi ushbu chora-tadbirlar uchun har yili 90 million evro ajratishni rejalashtirmoqda.

    Germaniya federal politsiyasiga xavfli uchuvchisiz uchoqlarni tutib olish va urib tushirish imkoniyati berilishi kerak. Bu Germaniya hukumati tomonidan 8-oktabr, chorshanba kuni tasdiqlangan politsiya to'g'risidagi Federal qonunga kiritilgan tuzatishlardan kelib chiqadi, deb xabar berdi dw.com.

    Qonun loyihasida, jumladan, “federal politsiya dronlardan himoyalanish choralarini ko'rishi mumkinligi ko'zda tutilgan”, dedi Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt. Federal politsiya xodimlari ham “jismoniy ta'sir qilish vositalaridan” foydalanishlari mumkin bo'ladi. “Bu federal politsiya tomonidan dronlarni tutib olish va urib tushirish kelajakda qonuniy tartibga solinishi va bunga imkoni bo'lishini anglatadi”, deb tushuntirdi vazir.