Germaniyada ikkita poyezd to'qnashib ketdi

    Germaniyaning Vorms shahri stansiyasida ikkita poyezd, jumladan ICE tezyurar poyezdining to'qnashib ketishi oqibatida kamida bir kishi jarohat oldi.

    Ikkala poyezddagi yo'lovchilar evakuatsiya qilindi, faqat ICEda 520 ga yaqin yo'lovchi bor edi. Viloyat poyezdi mashinisti tan jarohati oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

    Shuningdek, Vorms temir yo'l vokzali vaqtincha yopilishi, Vorms va Frankfurt-Mayn aeroporti o'rtasida poyezdlar qatnovi to'xtatilishi xabar qilingan.

    To'qnashuv sabablari hozircha noma'lum, deb xabar beradi report.az.