Rasmiylar birinchi marta reanimasiyadagi 100 dan ortiq bemorni bir hududdan boshqasiga ko'chirishga majbur bo'ldi, dedi u. Shpan, shuningdek, aholi o'rtasida ijtimoiy aloqani minimal darajaga tushirishga chaqirdi.

O'z navbatida, Berlindagi Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler klinikalarda og'ir kasallar soni ortib borayotgani, bir hafta davomida birinchi marta 2 mingga yaqin bemor qabul qilinganini aytdi.

Germaniyada koronavirus infeksiyasining yangi holatlari oxirgi sutkada 76 ming 414 taga oshdi, bu butun pandemiya davridagi maksimal ko'rsatkichdir. O'tgan sutka davomida mamlakatda 357 nafar bemor vafot etdi, pandemiya boshlangandan beri esa 100 476 nafar kishi hayotdan ko'z yumdi, deya xabar bermoqda AiF.