Bu haqda Trir politsiyasi xabar berdi.
Hodisa chorshanbaga o'tar kechasi Trirdan 50 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Reynland-Pfalts federal yerining Kryof aholi punktida sodir bo'ldi.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, bino qavatlaridan birining tayanchlari qulab tushgan. Favqulodda vaziyat vaqtida mehmonxonada 14 kishi bo'lgan, ulardan besh nafari vayronalar ostidan mustaqil chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. “Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, to'qqiz kishi vayronalar ostida qolgan. Ulardan biri hayotdan ko'z yumdi, ammo jasadi haligacha topilmadi, ular orasida og'ir jarohat olganlar ham bor”, deyiladi politsiya bayonotida.
Qo'shni binolardan 31 kishi evakuatsiya qilindi. Keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo'lgan binoning qulash xavfi qutqaruv ishlarini murakkablashtiryapti. Voqea joyida 250 nafarga yaqin politsiya, o't o'chirish va qutqaruv xizmatlari hamda tez tibbiy yordam xodimlari ishlamoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostidagi odamlarning bir qismi bilan aloqa o'rnatishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.