Germaniyada oʻqigan Turkiston yoshlari haqida kitob nashrdan chiqdi

    Istanbulda “Akademik kitaplar” nashriyoti tomonidan “Germaniyada taʼlim olgan Turkiston yoshlari” kitobi chop etildi. Bu haqda oyina.uz yozmoqda.

    Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Bahrom Irzoyev qalamiga mansub kitobning nashri Turkiy davlatlar tashkiloti ko‘magida amalga oshirilgan.

    Kitobda sovet hokimiyati hukmronligi davrida o‘zbek taraqqiyparvar ziyolilarining xalqimizni taraqqiyotga boshlash yo‘lidagi qahramonona kurashi haqida hikoya qilinadi.

    Kitobda jadid taraqqiyparvarlarining “Ko‘mak”, “Nashri maorif” tashkilotlari faoliyati, turkistonlik yoshlarning chet elda taʼlim olishi tarixidan so‘z yuritiladi.

    Ularning vatandoshlarga yozgan xatlari va ijod namunalari ham kiritilgan. Shuningdek, sho‘ro mamlakatiga qaytib kelishgach, mahv etilishi bilan bog‘liq achchiq qismatlari qalamga olingan.

    Taʼkidlanishicha, kitobdagi ko‘pgina materiallar keyingi ikki yil mobaynida oyina.uz portalida eʼlon qilib borilgan.