Germaniyada “Oʻzbekning asal qovunlari kuni” boʻlib oʻtdi

    Oʻzbekistondan keltirilgan qovunlar tez fursatlarda oʻzining ajoyib taʼmi bilan mahalliy bozorda mashhur boʻlib ketdi.

    Germaniya dunyodagi eng yirik beshta yangi qovun importchilaridan biri boʻlib, har yili ushbu poliz ekinlarining 130 ming tonnasi mamlakatga import qilinadi. Asosiy yetkazib beruvchilar orasida Ispaniya, Fransiya, italiya, Braziliya, Kosta-Rika va Turkiya davlatlari bor.

    Mahalliy bozorda Oʻzbekistondan keltirilgan qovunlarning paydo boʻlishi ushbu mahsulotni sevuvchilar uchun muhim voqea boʻldi. Oʻzbek qovuni tez fursatlarda oʻzining ajoyib taʼmi bilan bozorda mashhur boʻlib ketdi. Nemis xaridorlari qovunlarimizni “Oʻzbekning asal qovunlari” deb atay boshlashdi. Ayni paytda ushbu qovunlar nafaqat Germaniya poytaxtida, balki Bavariya, quyi Saksoniya, Baden-Vyurtemberg va gamburg kabi boshqa fedaral yerlarning savdo tarmoqlarida ham paydo boʻlgan.

    Oʻzbek qovunlarini Germaniyada eksport qilish hajmi asta-sekin oʻsib bormoqda. Shunday qilib, agar 2018-yilda mamlakatimizdan 353 tonna qovun olib ketilgan boʻlsa, 2019-yilda 559 tonnani tashkil etgan. 2020-yilda esa bu koʻrsatkich 1 ming tonnaga teng boʻlishi taxmin qilinmoqda. Xususan, joriy yilda “Red Pack” oʻzbek ishlab chiaruvchisi germaniyalik sheriklari bilan eksklyuziv shartnoma doirasida ilk bor “Mirzachoʻl” milliy brendi ostida Oʻzbekistonda yetishtirilgan qovunlarni Germaniya bozoriga yetkazib berishni boshladi.

    Shu munosabat bilan “Red Pack” kompaniyasi direktori Roman Salamatov

    “Mahsulot sifatiga, brending va marketingga bosqichma-bosqich sarmoya kiritib, biz Yevropa bozorining qatʼiy talablariga asta-sekin moslashdik. Shu vaqt ichida biz ularning saqlash muddatini uzaytirish uchun qovunlarimizni oldindan sovutishni oʻrgandik. Yevropalak mijozlarimiz talabiga binoan biz supermarketlarni omborlar va savdo zallariga koʻchirishni osonlashtiradigan palletlar ustiga qovun qutilarini yotqizishni boshladik. Bizning orzumiz oʻzbek qovunlarini dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi odamlarga yetkazishdir.”

    Imkon qadar koʻproq nemislar haqiqiy oʻzbek qovunining beqiyos taʼmini tatib koʻrishlari uchun yaqinda Germaniyaning GFR dagi elchixonasi tomonidan Germaniyaning “LEDO” savdo tarmogʻi bilan hamkorlikda Berlinda “Oʻzbek qovun kuni” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.

    Nemis poytaxti aholisi va mehmonlari nafaqat goʻzal Rishton zaminida yetishtirilgan shirin oʻzbek qovunlarini tatib koʻribgina qolmay, balki Germaniya universitetlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlar tomonidan tashkil etilgan yurtimiz madaniyatidan darak berguvchi koʻrgazmalar bilan ham tanishdilar. Tashrif buyuruvchilar oʻrtasida “Oʻzbekistonni bilasizmi?” deb nomlangan viktorina ham tashkil etildi. Gʻolib ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

    Tadbirning ayrim mehmonlari oʻz taassurotlarini bayon qildilar.

    - Germaniyada birinchi marta yangi oʻzbek qovunlarini koʻrmoqdaman, - deydi gimnaziya oʻqituvchisi Karl Rudolf. – Ularning koʻrinishi juda ajoyib va betakror taʼmga ega. Bu qovunlar ilgari bizning surepmarketlarimizda uchrashi mumkin emas edi. Qovunlarni tatib koʻrganimda nima uchun ularni “asal qovunlar” deb atashganini angladim. Men barcha doʻstlarimga oʻzbek qovunlarini isteʼmol qilishni tavsiya qilaman. Ular inson qalbida oʻzgacha bir samoviy tuygʻularni uygʻotadi.

    Richard Vinslet, avstriyalik dasturchi:

    - Oilam va men besh yildan buyon Germaniyada yashayapmiz. Lekin bugun birinchi marta oʻzbek qovunlarini yeb koʻrdik. Ularning taʼmi shunchalar mazaliki... Yurtingizga tashrif buyurish uchun viza talab qilinmasligini bilib oldim va keyingi yili, albatta, quyoshli Oʻzbekistonga taʼtilni maproqli oʻtkazish uchun oilam bilan tashrif buyurmoqchiman.