Germaniyaning Xagen shahri (Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi federal yeri)da joylashgan qariyalar uyida bir necha kishi koronavirusga qarshi emlanganiga qaramay infeksiyani yuqtirib oldi.
Bu haqda mahalliy “Westdeutsche Allgemeine Zeitung” gazetasi xabar bermoqda.
Shahar maʼmuriyati vakilining nashrga maʼlum qilishicha, “Covid-19”ga qarshi immunitet birinchi emlashdan 7-10 kun oʻtgach hosil boʻladi. “BioNTec/Pfizer” vaksinaning esa jami ikkita in'yeksiyasi kerak boʻladi.
“Bu vaqt ichida xastalikni yuqtirib olish mumkin”, deydi vakil.