So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, uch kishi halok bo'lgan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.
“Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, vagonlarda boshqa odam qolmagan, barchaga tibbiy yordam ko'rsatilgan”, dedi Siller.
Zigmaringen-Ulm yo'nalishida yakshanba kuni kechqurun poyezd halokatga uchradi.
Hodisa sodir bo'lishidan biroz avval voqea joyida bo'ron yuz bergan va u yo'l qoplamasini yuvib ketgan va poyezd relsdan chiqib ketgan, degan taxminlar bor.
Ammo halokat sabablari haqida hozircha rasmiy ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.
DPA ma'lumotlariga ko'ra, poyezdda 100 ga yaqin odam bo'lgan.








