“Ksanten va Duysburg shaharlari o'rtasidagi temir yo'lda sodir bo'lgan hodisada 13 kishi jarohat oldi”, deyiladi mahalliy politsiyaga tayanib tarqatilgan xabarda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yo'lovchi poyezdi hozircha noma'lum sabablarga ko'ra qo'shni yo'lga chiqib ketgan va u yerda yuk poyezdining lokomotivi bilan to'qnashgan. Shundan keyin ikkala poyezd ham relsdan chiqib ketmagan.
Shifokorlarning aniqlik kiritishicha, to'qnashuvda jabrlangan 13 nafardan uchtasi jiddiy tibbiy yordamga muhtoj, deb xabar beradi rg.ru.