Germaniyada Samarqandning haqida film namoyish etiladi

    Madaniyat 31 May 2021 1578

    Germaniyada Samarqandning sayyohlik salohiyati haqida hujjatli film namoyish etiladi.

    Germaniyaning “ZDF” telekanalining ikkinchi kanali buyurtmasiga koʻra, “BEWEGTE ZEITEN Filmproduktion GmbH” kompaniyasi Oʻzbekiston haqida hujjatli film ustida ish boshladi.

    Nemis kinoijodkorlarining ijodiy safari mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi hamda Turizm va sport vazirligi koʻmagida tashkil etildi.

    Rejissyor Bettina Vobst boshchiligidagi guruh Samarqandning sayyohlik obyektlarida, yaʼni Registon maydonida, “Konigil” sayyohlik qishlogʻida, Xoʻja Abdu Darun majmuasida, shuningdek bunyodkorlik jarayonlarni suratga olishdi.

    Samarqand viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, film “ZDF” telekanalida shu yilning dekabr oyida namoyish etiladi, deb xabar beradi ZarNews.uz

    Taʼkidlash joizki, “ZDF” – Germaniyaning eng yirik milliy telekompaniyalaridan biri boʻlib, koʻp millionli tomoshabinlar auditoriyasiga ega, “BEWEGTE ZEITEN Filmproduktion GmbH” kompaniyasi esa nemis kinostudiyalarining yetakchilaridan biri.