Germaniyada suv toshqini tufayli aholini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda

    Germaniya janubida kuchli yomg'ir tufayli yuzaga kelgan ko'chkidan so'ng poyezd relsdan chiqib ketdi. Ushbu hodisa va suv toshqini xavfi tufayli shaharlararo poyezdlar qatnovi to'xtatilgan.

    Bavariyada (Germaniya) 2-iyun, yakshanba kuni suv toshqini xavfi ostida bo'lgan hududlarda kuchli yomg'ir fonida rasmiylar aholini evakuatsiya qilish ko'lamini kengaytirmoqda. Bavariyaning o'nta kommunasida Dunay daryosi va uning irmoqlarida suv sathining ko'tarilishi munosabati bilan tabiiy ofat e'lon qilingan va u erda qutqaruvchilar ishlamoqda.

    Aholini xavfsiz hududlarga tashish choralari ko'rilmoqda. 2-iyun kuni ertalab Bavariya janubidagi Kyulental va Allmannsxofen aholisi zudlik bilan uylarini tark etishga chaqirildi. O'zini-o'zi evakuatsiya qila olmaganlarga avtobuslar ajratilishi va'da qilingan.

    Bavariyaning Noyburg-Shrobenxauzen okrugidagi Shrobenxauzen shahrida ham tabiiy ofat e'lon qilingan, 670 nafar aholini evakuatsiya qilishga tayyorlandi.

    Bavariya Qizil Xoch tashkiloti qutqaruv qayiqlari va g'avvoslarni Bavariyaning Gyuntsburg okrugiga jo'natdi, u yerda bir qator suv omborlarida suv sathi eng yuqori darajaga yetdi, deb xabar beradi dw.com.