Bu haqda shtat bosh vaziri Bodo Ramelov ma'lum qildi.

“Soat 12:00 dan beri Vindexauzen butunlay evakuatsiya qilindi. elektr va kanalizatsiya tizimi ishlamayapti. Bu joyni butunlay suv bosgan”, deb yozdi Ramelov X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Yer osti suvining ko'tarilishi tufayli suv bosgan kommunda 500 ga yaqin odam istiqomat qiladi. Aholining bir qismi mahalliy fermerlarning traktorlarda evakuatsiya qilindi.

Kuchli yomg'ir mintaqadagi daryo va soylar qirg'oqlaridan toshib ketishi mumkin bo'lgan boshqa bir qancha aholi punktlariga ham tahdid solmoqda, deb xabar beradi ria.ru.