Noma'lum xakerlar Bundestag va Germaniya qurolli kuchlari deputatlariga transport xizmatini ko'rsatuvchi BW-Fuhrpark Service GmBH  kompaniyasiga kiber hujum uyushtirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

      Germaniya Mudofaa vazirligi tergov ishlarini olib bormoqda, IT- tarmog'i buzilgan firmaning o'zi hujum qilganlar qanday ma'lumotlarni qo'lga kiritganini hozircha aniq ayta olmaydi.

        Ta'kidlanishicha, BW-Fuhrpark Service GmBH  kompaniyasi 75,1 foiz Mudofaa vazirligiga tegishli. 2019 yilda Germaniya Federativ Respublikasi deputatlari kompaniyaning xizmatlaridan 142 ming marta foydalanishgan.
          Avvalroq Maze guruhining xakerlari YAponiyaning Canon  kompaniyasi foydalanuvchilarining fotosuratlari va videolari saqlanadigan xizmatni buzishgandi. Natijada, 10 terabaytlik ma'lumotlarga ega bo'lishgan, bu  ushbu xizmat foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari ham bo'lib, o'zlariga qarshi ishlatilishi mumkin edi.