Germaniyadagi nashr buxorolik oʻqituvchi haqida maqola eʼlon qildi

    Germaniyaning “Neue Westfällische“ gazetasida hamyurtimiz Feruza Joʻrayeva haqida maqola eʼlon qilindi.

    ZfA-Germaniyaning xorijdagi nemis tilini oʻrganayotgan maktablarni qoʻllab-quvvatlash tashkiloti hamkorlik loyihasi doirasida ayni paytda Vobkent tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi nemis tili fani oʻqituvchisi Feruza Joʻrayeva Germaniyada taʼlim safarida boʻlib turibdi.

    Kuni kecha Germaniyaning “Neue Westfällische“ gazetasida hamyurtimiz Feruza Joʻrayeva haqida maqola eʼlon qilindi.

    Maqolada ikki davlat oʻrtasidagi yaqin munosabatlar, taʼlimdagi hamkorlik va bu hamkorlik natijalari oʻlaroq, ikki davlat oʻqituvchilari orasida oʻzaro tajriba almashish yoʻlga qoʻyilganligi haqida toʻxtalib oʻtiladi.

    Shuningdek, Feruza Joʻrayeva misolida oʻzbekistonlik oʻqituvchilarning salohiyati, mamlakatimizda pedagoglarga berilayotgan eʼtibor va buning oʻziga xos tomonlari alohida eʼtirof etiladi.