Uchrashuv doirasida Germaniyadan O'zbekistonga quyosh energetikasi sohasida texnologiyalarni transfer qilish masalasi ko'rib chiqildi. Uchrashuvda Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori va quyosh panellari ishlab chiqarish bo'yicha Germaniyaning nufuzli kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Shuningdek, muzokaralar davomida INNO Texnoparkga Germaniyalik rezidentlarni joylashtirish masalasi ham ko'rib chiqildi.