Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, loyihada malakali mutaxassislar (hunarmandchilik va qurilish sohalarida kamida 1-yillik tajriba va 2-yillik diplomga ega 20-40 yoshdagi fuqarolar) va diplomga ega boʻlmagan yoshlar (18-30 yoshdagi fuqarolar hunarmandchilik va qurilish sohalarida Ausbildung tizimi orqali Germaniyada kasbiy taʼlim oladi) ishtirok etib, nemis tilini oʻrganishlari mumkin boʻladi.

Loyihalar shu yilning sentyabr oktyabr oylarida amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, loyihalar doirasida boʻlib oʻtadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang”, deyiladi xabarda.