Germaniyalik fuqaro o'z bog'ida meteorit topib oldi

    Germaniya shimolida fuqaro uyi yonidan tosh topib oldi, u meteorit bo'lib chiqdi. Uning narxi 200 ming yevroga baholandi.

    Aprel oyining oxirida Mahmut Shahinning oilasi g'alati tovushlarni eshitib qoladi. Keyin Shahin tashqariga chiqadi va bog'ida g'alati toshni topib oladi, uning og'irligi to'rt kilogramm edi. U toshni uloqtirmoqchi bo'ldi, biroq uning bolalari uni magnit bilan tekshirishni taklif qilishdi. Topilma meteorit bo'lib chiqdi, deb xabar beradi mir24.tv.

    Tez orada Shahinning oilasiga meteoritni 200 000 yevroga sotish bo'yicha ko'plab takliflar tushdi.

    “Boshqa odamlar ham meteoritni qisqa muddat bo'lsa ham, deylik muzeyda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishi biz uchun muhim”, dedi Shahin.

    Olim Karsten Yonasning so'zlariga ko'ra, mazkur meteorit Shlezvig-Golshteyn federal shtatida topilgan eng katta meteoritdir.