Germaniyalik olimlar yangi plastik yaratishdi

    Butunlay parchalanish xususiyatiga ega boʻlgan bu plastik yuqori haroratga bardosh beradi, shuningdek parchalangani bois yerni ifloslantirmaydi.

    Plastmassa tarkibiga fermentlar qoʻshish natijasida germaniyalik olimlar bir yilda chirib ketadigan plastik yaratishdi. Butunlay parchalanish xususiyatiga ega boʻlgan bu plastik yuqori haroratga bardosh beradi, shuningdek parchalangani bois yerni ifloslantirmaydi.

    Plastik plyonka va granulalar shaklida taqdim etilgan boʻlsa-da, undan har qanday futuristik shakllarni olish mumkin. Fermentlar oqsillarni parchalashga qodir boʻlgani uchun bunday materialdan tayyorlangan quvurlar tiqilib qolish ehtimoli kamroq boʻladi, sirti mogʻorlamaydi.