Germaniyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi pandemiya oqibatlarini yengishga qaratilgan

    Voqea-hodisalar 2 Iyul 2020 1647

    Kecha Yevropa Ittifoqi Kengashiga yarim yil davomida raislik qilish Xorvatiyadan Germaniyaga oʻtdi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    2021-yil 1-yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi Kengashining navbatdagi raisi Portugaliya boʻladi.

    Rossiyaning TASS axborot agentligi xabariga koʻra, keyingi olti oy davomida Germaniya Federativ Respublikasi pandemiya oqibatlarini bartaraf etish, iqlimni himoya qilish, Yevropa sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni kuchaytirishga asosiy eʼtiborini qaratadi. Bundan tashqari, Berlin Yevropa Ittifoqi aʼzolarining asosiy geosiyosiy oʻyinchilar – Xitoy, Rossiya va AQShga nisbatan siyosatini birlashtirishga harakat qiladi.

    Berlin raisligining ustuvor yoʻnalishlari Yevropa oʻz qadriyatlari va manfaatlarini himoya qilish uchun jahon siyosati sharoitida yana-da raqobatbardosh va samarali boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari strategik sheriklar bilan munosabatlarni mustahkamlashda “birlashgan va yakdil pozitsiyani” egallashi kerak, dedi kansler Angela Merkel. Uning soʻzlariga koʻra, qisqa fursatlarda YEIning 27 ta davlatini mamnun qilish oson emas, ammo Germaniya bunga intiladi.

    Koronavirus pandemiyasi sogʻliqni saqlash, iqtisodiyot va mehnat bozoriga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Fransiya bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Germaniyaning asosiy tashabbuslaridan biri bu umumiy iqtisodiyoti 500 milliard yevroni tashkil etadigan fondni yaratishni nazarda tutadigan Yevropa iqtisodiyotini tiklash rejasidir.

    Berlin va Parij takliflariga koʻra, mablagʻlar Yevropa Ittifoqining koʻp yillik moliyaviy rejasi doirasida inqirozga uchragan mamlakatlarga yordam sifatida berilishi kerak. Shubhasiz, keyingi olti oy ichida Germaniya yana YEI iqtisodiyoti va byudjetini tiklash mavzusiga qaytadi, chunki bu yerda tafovutlar saqlanib qoladi, deb yozadi TASS.