Uchrashuv davomida Germaniya va Niderlandiya bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari, Oʻzbekiston fuqarolarini ushbu davlatlarga ishga jalb qilish tartibi, “Lumidea Engineering” kompaniyasida yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
“Lumidea Engineering” kompaniyasi rahbari Eshref Ozshaxin Germaniya va Niderlandiyada joylashgan korxonalariga 100 nafargacha Oʻzbekiston fuqarolarini qurilish sohasi boʻyicha ishga yollash koʻrib chiqilayotganini taʼkidladi.
Shuningdek, qurilish sohasida ishga yollangan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻrtacha oylik maoshi, ishga ketish uchun aviachiptalar, mehnat shartnomasi tuzish, uy-joy va sogʻliqni saqlash sugʻurtasi bilan taʼminlanishi haqida maʼlumot berildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.