Germaniyaning til boʻyicha sertifikat beradigan markazlari bilan hamkorlik oʻrnatiladi

    Ta'lim 14 Aprel 2023 1206

    Germaniyaning til boʻyicha sertifikat beradigan markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama etildi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Germaniya Federativ Respublikasi “GP Gunter Papenburg AG” kompaniyasi Boshqaruv kengashi aʼzosi Angela Papenburg bilan uchrashdi.

    Oʻzbekistondagi professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga nemis tilini oʻrgatib, keyinchalik ularni Germaniyada maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha tayyorlash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, nemis tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar beradigan Germaniyadagi maxsus markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi koʻrib chiqildi.

    Bunda mashinasozlik, yoʻl qurilishi kabi tor mutaxassisliklarga eʼtibor qaratildi. Yurtimizdagi professional taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tor mutaxassislarni tayyorlovchi markaz ochish masalasi boʻyicha ham fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.