Tadbirda 20 ga yaqin Germaniyaning IT loyiha va yechimlarni buyurtmachilari sifatidagi kompaniyalar rahbarlari ham qatnashdi.
Tadbir doirasida IT Park rezidentlariga yaratilgan sharoitlar va preferensiyalar bilan tadbir ishtirokchilari tanishtirildi, shuningdek IT Parkning qator rezident-korxonalari tomonidan IT sohasidagi oʻzlarining faoliyatlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.
Uchrashuv soʻngida BPO xizmatlarini yurtimizga autsors qilishda hamkorlik qilish, Oʻzbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish borasida qoʻshma loyihalarni Germaniyaning IT va logistika kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqishga, shuningdek Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida IT sohasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek, mazkur tadbir doirasida muhim hujjatlar ham imzolandi.