Bu borada oʻtkazilgan 26 ta tadqiqotda tasdiqlanishicha, gibrid immunitet odamlarni infeksiyadan yuqori darajada himoyalaydi. Hatto vaksina olganidan soʻng ham COVID-19ga chalinganlar boʻlsa, ularda xastalik yengil bosqichda va asoratsiz oʻtadi.

Xususan, gibrid immunitetga ega boʻlganlarga kasallik yuqish ehtimoli emlanmagan va xastalikka chalinmaganlarga nisbatan kamida 95 foiz past boʻladi. Shu sababli mutaxassislar barcha aholi qatlami toʻliq bosqichda va buster dozada vaksina olishi zarur, deb hisoblaydi.

Eslatib oʻtamiz, JSST hisob-kitoblariga koʻra, pandemiya boshlanganidan shu kungacha 663 million nafardan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi. Ulardan qariyb 6,8 million nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.