“Gidroksixloroxin” otliqqa ham yo'q! Boshqa dorilar narxi ham erda emas!

    Sirdaryo, Farg'ona, Namangan, Xorazm, Toshkent viloyatlari va poytaxtimiz dorixonalarida ham “Gidroksixloroxin” mavjud emas, boshqa dorilar narxi ham xuddi boshqa viloyatlardagi kabi — pandemiya tufayli narxida o'sish kuzatilmoqda.

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi shu yil 29 iyul` kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida COVID-19 infektsiyasini davolash uchun tavsiya etilgan “Azitromitsin”, “Askorbin kislotasi”, “Gidroksixloroxin”, “Paratsetamol” kabi dori vositalarining dorixonalarda sotuvda mavjud yoki mavjud emasligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring ishlarini davom ettirdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Unga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat ko'rsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda o'rganilganda ularda Sog'liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Gidroksixloroxin” mavjud emasligi, “Askorbin kislotasi” 700–4000, “Paratsetamol” 500–1500, “Azitromitsin” 6000–34000 so'mgacha sotilayotgani ma'lum bo'ldi.

    Andijon viloyatidagi dorixonalarda “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 200–3500, “Paratsetamol” 450–1000, “Azitromitsin” 4500–36000 so'mgacha baholanmoqda.

    Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Askorbin kislotasi” 4500–40000, “Paratsetamol” 500–1500, “Azitromitsin” 3000–40000 so'mgacha sotilmoqda.

    Jizzax viloyatidagi dorixonalarda ham “Gidroksixloroxin” topilmaydi, “Askorbin kislotasi” 1000–2000, “Paratsetamol” 500–1000, “Azitromitsin” 5000–15000 so'mgacha sotuvda mavjud.

    Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarda olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra, “Gidroksixloroxin” mavjud emasligi qayd etildi. “Askorbin kislotasi” 500–5000, “Paratsetamol” 400–1000, “Azitromitsin” 5000–15000 so'mgacha sotilmoqda.

    Navoiy viloyati dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 700–5000, “Paratsetamol” 400–1000, “Azitromitsin” 5000–15000 so'mgacha sotilmoqda. “Gidroksixloroxin” esa mavjud emas.

    Sirdaryo, Farg'ona, Namangan, Xorazm, Toshkent viloyatlari va poytaxtimiz dorixonalarida ham “Gidroksixloroxin” mavjud emas, boshqa dorilar narxi ham xuddi boshqa viloyatlardagi kabi — pandemiya tufayli narxida o'sish kuzatilmoqda.

    Federatsiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida COVID-19 infektsiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalari narxi muntazam o'rganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi.