Gidrometeorologiya xizmati: chorshanba kuni yomgʻir yogʻishi kutiladi

    Mamlakatimizda 27 Mart 2023 3458

    Ertaga respublika hududining katta qismda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Chorshanba kuni hududning katta qismida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Chorshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Juma kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Ushbu haftada havo harorati kechalari 9-14 dajara, kunduz kunlari 27-28-martda 22-27 dajara, 29-31-martda 20-25 dajara atrofida boʻladi.

    27-28-martda shimolda va choʻl hududlarda, 29-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

    Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 28-31-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Poytaxtimizda: havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, 27-28-martda yogʻingarchilik kutilmaydi, 29-30-martda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Shamol asosan kuchsiz esadi, faqat 29-martda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-28-martda kechasi 9-11 dajara, kunduzi 24-26 dajara, 29-30-martda kechasi 11-13 dajara, kunduzi 20-22 dajara boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi.