SHu bois, xususiy sektordagi ko'plab korxonalar daromad solig'idan ozid etilib, ularga qator imtiyozlar belgilandi. Bu esa vaqtincha faoliyati to'xtab qolgan korxonalarning o'zini qayta tiklab, yangi ish o'rinlari yaratishga imkon yaratmoqda.
Ohangaron shahridagi qurilishi to'xtab qolgan metallurgiya zavodida endilikda bunyodkorlik ishlari yana avjida. eng muhimi, qurilish ishlariga Ohangaroon tumanidagi 200 nafar ishsiz yoshlar jalb etildi. 30 miln. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya mablag'i hisobiga bunyod etilayotgan mazkur obe'kt joriy yilning oktyabr` oyida foydalanishga topshirilishi mo'ljallangan. Loyihaga ko'ra, bu erda 500 nafar yosh mutaxassis va ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlanadi. Zavodda barcha turdagi qurilish tarmoqlari uchun temir konstruktsiya va armaturalar ishlab chiqariladi.
Ohangaron shahridagi faoliyati to'xtab qolgan yana bir korxonada ishlab chiqarish quvvatlari qayta tiklandi. Bolalar tagliklari tayyorlashga ixtisoslashgan korxona endilikda o'z mahsulotlarini nafaqat ichki bozorga, balki MDH mamlakatlariga ham eksport qilmoqda. SHu bilan birga, bu erda 30 nafar ayolning bandligi ham ta'minlandi.
Olmaliqlik tadbirkor Dadamurod Baratov bir necha yildirki, barcha turdagi mebel` jihozlari va temir darvozalar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Pandemiya sababli uning korxonasida ham ish to'xtab qolgandi. Tadbirkor shahardagi 2-sektor yordamida o'z faoliyatini qayta tikladi. Hozir bu erda karantin gigienasi talablariga rioya qilgan holda 30 nafar yosh mehnat qilmoqda. SHuningdek, Dadamurod Baratov bankdan olgan imtiyozli kredit mablag'i hisobiga tikuvchilik tsexi tashkil qilib, yana 30 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta'minladi.
Olmaliqlik usta hunarmand Oqiloy Xo'jamqulova momomeros gilamdo'zlik san'atini avloddan avlodga etkazish maqsadida ko'plab shogirdlar etishtirmoqda. Uning tabiiy jundan qo'lda va qadimiy dastgohda to'qilgan gilamlari nafaqat mahalliy bozorda, balki xorijda ham xaridorgirdir.
Karantin sababli u ham faoliyatini to'xtatishga majbur bo'lgandi. Olmaliq shahar aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan hunarmandga onlayn saboq berish uchun sharoit yaratib berilib, maosh tayinlandi. endilikda Oqiloy Xo'jamqulova ham masofadan turib shogirdlariga gilamdo'zlikning sir-asrorlarini o'rgatish, ham ishlab chiqarishni davom ettirgan holda yana qo'shimcha daromad topish imkoniga ega bo'ldi.
Xuddi shunday sandiqchilar sulolasining uchinchi vakili Abdimo'min Davlatov hunarini farzandlari va nabiralariga o'rgatib kelmoqda. Daromadi shu hunar orqali bo'lgan hunarmandning ishi pandemiya tufayli to'xtab qolgan edi. Uning Olmaliq shahar prokuraturasiga qilgan murojaati qisqa fursatda hal etilib, uyda faoliyati bilan shug'ullanishga sharoit yaratib berildi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizdagi ish bilan band aholining 74 foizdan ziyodi xususiy sektorda mehnat qilayotganligini hisobga olsak, mazkur ishlarning xalqimiz hayotida o'z aksini topishi shubhasiz.